Yordam markazi
Savolingiz bormi? Biz yordam beramiz.
Odatda ish kunlari davomida javob beramiz.
Tez-tez so'raladigan savollar
TezHal nima?
TezHal — sizga kerakli xizmat (elektrik, santexnik, konditsioner, qurilish va boshqalar) uchun ishonchli ustalarni topib beradigan ilova. Siz e'lon berasiz, ustalar taklif yuboradi, siz eng mosini tanlaysiz.
Ilovadan qanday foydalanaman?
Telefon raqamingiz orqali ro'yxatdan o'ting, kerakli xizmat bo'yicha e'lon bering va joyingizni belgilang. Ustalardan takliflar kela boshlaydi — narxi va reytingiga qarab tanlaysiz.
Ro'yxatdan o'tish pullikmi?
Yo'q, ilovaga ro'yxatdan o'tish va e'lon berish bepul.
Men ham usta sifatida ishlashim mumkinmi?
Ha. Ro'yxatdan o'tishda «xizmat ko'rsatuvchi» rolini tanlang — shundan so'ng mos e'lonlarni ko'rib, taklif yuborishingiz mumkin.
Telefon raqamimni o'zgartira olamanmi?
Profil sozlamalari orqali ma'lumotlaringizni yangilashingiz mumkin. Muammo bo'lsa, biz bilan bog'laning.
Hisobimni qanday o'chiraman?
Hisobingizni istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin. Batafsil: Akkauntni o'chirish sahifasi.
Muammoni qanday xabar qilaman?
Har qanday nosozlik, savol yoki taklif bo'yicha adhamcoder@gmail.com manziliga yozing — imkon qadar tez yordam beramiz.